Birinchi renessansdan uchinchi renessansgacha: Islom sivilizatsiyasi markazida ochilgan yangi muzeydan fotoreportaj

E’lon qilingan sana· 597
Birinchi renessansdan uchinchi renessansgacha: Islom sivilizatsiyasi markazida ochilgan yangi muzeydan fotoreportaj

Islom sivilizatsiyasi markazida 13-noyabr kuni “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma'rifiy meros — umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress boshlandi. Uning doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ochildi. Afisha.uz muxbirlari bu muzeydan fotoreportaj tayyorladi.

Yaqinda qurib bitkazilgan majmua mintaqaning uch ming yillik tarixini oʻz ichiga oladi. Uning tematik boʻlimlarida ikkita Renessans davrini va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini tomosha qilish mumkin.

Shuningdek, ekranlar orqali tarixiy shaxslar tomonidan soʻzlab beriladi. Bundan tashqari, eski yozuvlar, xususan, soʻgʻd alifbosida zamonaviy soʻzlarni yozish imkoni yaratilgan.

Umuman olganda, muzeyning tarixiy qismida deyarli hamma sohalar qamrab olingan. XV-XVI asrlar tarixida Navoiy va Boburning she’riyati, Mirzo Ulugʻbekning Koʻragoniy jadvallarining 3D-maketlarini kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, XX asr boshida yashab oʻtgan jadidlarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Muzeyning zamonaviy esa qismida bugungi kundagi yutuqlarni koʻrish mumkin.

Ushbu muzeyda tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan deyish mumkin. Tarixiy eksponatlar qatorida zamonaviy 3D maketlar ham mavjud.

Muzeyning ochilishi “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma'rifiy meros — umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress doirasida boʻlib oʻtdi. Kongressda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning madaniyat xodimlari ishtirokida panel suhbatlar tashkil etildi.

Muzeyni aylanar ekansiz, Oʻzbekistondagi madaniy obyektlar qatoriga bunday chiroyli va ma’naviy-ma'rifiy tomondan foydali maskan qoʻshilganidan xursand boʻlish mumkin.

Quyida esa yangi muzeydan batafsil fotojamlanma taqdim etiladi.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Mirjalol Qosimov
Fotosuratchi
Mirjalol Qosimov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Birinchi renessansdan uchinchi renessansgacha: Islom sivilizatsiyasi markazida ochilgan yangi muzeydan fotoreportaj — Toshkent Afishasi