Toshkentda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 171
Toshkentda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkaziladi

Toshkentda 18-noyabr kuniO‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan turli tumanlarda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Tadbirlar

“Bayroq estafetasi” — taniqli shaxslar, sport ustalari va yoshlar ishtirokida davlat bayrogʻini tantanali kutib olish:

  • 14:00 — Bektemir tumani, “Rohat” posti;
  • 15:00 — Mirzo-Ulug‘bek tumani, “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i;
  • 16:00 — Chilonzor tumani, “Erkin” posti.

O‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert:

  • 17:00 — “Xalqlar doʻstligi” saroyi maydoni.

Dron shou:

  • 18:00 — Xalqlar doʻstligi" saroyi maydoni.

Tashkilotchilar Toshkent aholisi va mehmonlarini bayram tantanalariga qoʻshilishga va Oʻzbekiston Davlat bayrogʻining 34 yilligini nishonlashga taklif qilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling