“Toshkent-Sharqiy” xalqaro aeroporti nomi o‘zgartirildi
E’lon qilingan sana: · 85

Toshkentdagi “Toshkent-Sharqiy” xalqaro aeroporti baxt va omad timsoli bo‘lgan afsonaviy qush sharafiga “Toshkent-Humo” nomini oldi.
Zamonaviy aeroport 2025-yilning kuzida ochilgan va biznes aviatsiyasiga ixtisoslashgan, biroq u Toshkentning asosiy transport markaziga aylanishni ham maqsad qilgan. “Toshkent-Humo” aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi, uchta rulej yo‘lagi, keng perron, VIP va CIP terminallari kabi qurilish ishlari yakunlangan. Yangi majmua xususiy va biznes reyslarini, shuningdek, yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.