Oʻzbekiston bayrogʻi musiqa boʻlganida qanday boʻlardi?

Bugun bayram. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Ko‘pchilik bu sanani bir xil tabriklar yoki rasmlar bilan eslaydi, lekin aslida bayroq — shunchaki rasmiy ramz emas. Unda biz har kuni yashab yurgan muhit, kayfiyat va tasavvurlarimizning rangli xaritasi bor. Oʻzbekiston bayrogʻida ishlatilgan ranglarning ma’nosini koʻpchilik yaxshi bilsa kerak. Shunday boʻlsa ham bir eslayveraylik:
- havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzi. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
- oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzi;
- qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzi;
- yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda esa bunga yana bir ma’no qoʻshilgan: atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari ham xuddi shu rangda ifodalanadi.

Bayroqdagi ranglar birgalikda muvozanat yaratadi — xuddi shahar shovqinida o‘z ohangini topadigan musiqa kabi. Bekorga gap musiqaga burilgani yoʻq. Musiqaning ham oʻz rangi boʻladi. Bunda ham xuddi tepadagi ma’nolar bilan deyarli bir xil, masalan, havorang — sokinlik, ozroq nostalgiya; oq — tozalik, poklik, minimalizm; qizil — harakat, energiya; yashil — harakatga keltiradigan, ammo qizildek shiddatli boʻlmagan musiqa.
Endi tasavvur qilib koʻraylik, Oʻzbekiston bayrogʻi musiqa boʻlganida qanday boʻlardi? Ushbu maqolada aynan shu ishni tajriba qilib koʻramiz. Bunda bizga hech qanday balandparvoz yoki vatanparvarlik ruhidagi musiqalar kerak boʻlmaydi, shunchaki umumiy shu kayfiyatlarni yetkazib bera oladigan oʻzbek qoʻshiqlarini keltiramiz.
Havorang — sokinlik
Sevara Nazarxon — Meni sev
Sherali Joʻrayev — Yoshligimiz
Sardor Rahimxon — Onam
“Setora” — Ohim
Shoxrux ft. Timur Rahmonov — Bexabarsan
Oq — tozalik, poklik, minimalizm
Muhabbat Shamayeva — Oʻrik gullaganda
Ozodbek Nazarbekov — Lola
Tohir Sodiqov — Koʻzing mayus
Nasiba Abdullayeva — Sen boʻlmasang yonimda
Farruh Zokirov — Dilarmon
Qizil — harakat, energiya
Munisa Rizayeva — Yoringmaney
Rashid Holiqov — Nozli gulim
Jasmin & Eski shahar — Qoʻqonlik
Alisher Fayz — Xay-xay
Dado — Dado-Nado
Yashil — harakatga keltiradigan, ammo qizilchalik shiddatli boʻlmagan musiqa
Sherali Joʻrayev — Keldi bahor
Bojalar, Radius 21 — Notanish qiz
Sevinch Moʻminova — Koʻylagim
Ozodbek Nazarbekov — Lalixon
Jahongir Otajonov — Qaddi baland
Siz ushbu pleylistga yana qanday musiqalar qoʻshgan boʻlardingiz? Oʻz roʻyxatingizni tuzing va ushbu manzil orqali bizga yuboring.