inkuzart Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan yangi graffiti chizdi

E’lon qilingan sana· 60
inkuzart Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan yangi graffiti chizdi

inkuzart nomi bilan tanilgan koʻcha rasssomi Oʻzbekiston Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan yangi asarini taqdim etdi.

Graffitida kichkina qizcha tasvirlangan bo‘lib, u bayroqqa ohista puflab, uning yengil va jonli harakatlanayotgandek taassurot uyg‘otmoqda. Rassom yana o‘z asarlariga xos bo‘lgan vizual metaforadan foydalangan — bolaning nozik harakati davlat ramziga bo‘lgan hurmat va ehtiyotkorona munosabatning ramziga aylanmoqda.

inkuzart o‘z ko‘cha san’atida ijtimoiy masalalarga muntazam to‘xtalib keladi va bu yangi ish uning O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligiga qo‘shgan ijodiy hissasidir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling