“Ipak yo‘lida turizm” xalqaro yarmarkasi

“CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro koʻrgazmalar markazida “Ipak yo‘lida turizm” oʻttizinchi Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2025) bo‘lib o‘tadi.
An’anaviy koʻrgazmada butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislarini birlashtiradi va ko‘p jihatdan ushbu sohaning barcha vakillari — yetakchi turizm va transport kompaniyalari, yirik mehmonxona tarmoqlari, diplomatik korpuslar, mamlakatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, turizm sohasi, shuningdek, MICE turizmi vakillari uchun foydali bo‘ladi.
Tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi turistik yo‘nalishlar bilan tanishish, turli mamlakatlarning rang-barang madaniyati va an’analarini his qilish, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yangi sayyohlik maskanlarining salohiyatini baholash imkoniga ega bo‘ladi.
Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Kirish bepul.
Batafsil ma’lumot uchun: (+998) 55−515−0566.