Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi
E’lon qilingan sana: · 58

Uchtepa tumanidagi Beshqayraqo‘ch ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklov 21-noyabr soat 20:00 dan 24-noyabr soat 06:00 gacha davom etadi. Bunga Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab boʻlgan.

Hokimlik haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirishni soʻragan.