Raqobat qoʻmitasi restoran va kafelarni "obsluga" uchun pul olish qonunga xilof ekanidan ogohlantirdi

E’lon qilingan sana· 157
Raqobat qoʻmitasi restoran va kafelarni "obsluga" uchun pul olish qonunga xilof ekanidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistondagi ofitsiant xizmati uchun majburiy ravishda haq undiruvchi umumiy ovqatlanish korxonalariga ogohlantirish bilan chiqdi, deya xabar bermoqda Gazeta.

Qayd etilishicha, qo‘mitaga umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati bo‘yicha iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarda ayrim restoran va kafelarda taomlar narxidan tashqari 10−15 foiz, ba’zan esa 20 foizgacha xizmat haqi qo‘shimcha to‘lov sifatida undirilayotgani hamda avvaldan depozit mablag‘lar talab qilinayotgani haqida fikrlar bildirilgan.

Keltirilishicha, “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunining 4, 19 va 21-moddalariga asosan:

  • iste’molchi tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, ularni erkin tanlash hamda sifatli bo‘lishiga talab qilishga haqli;
  • ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart;
  • sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarini qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga yo‘l qo‘ymasliklari, ya’ni umumiy ovqatlanish korxonalari turlaridan kelib chiqib iste’molchilarning o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyatini yaratish, taomlar narxi, xizmat ko‘rsatish tartibi va ular bilan bog‘liq shartlar, shu jumladan, ofitsiant xizmati uchun haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida to‘liq tanishtirib o‘tishlari lozimligi borasida ogohlantiradi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling