Dam olish kunlari tumanli havo kuzatiladi

E’lon qilingan sana· 78
Dam olish kunlari tumanli havo kuzatiladi

Toshkent shahrida 22−23-noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumoti.

Shanba kuni havo biroz bulutli bo‘lishi, tutun va yengil tuman tushishi mumkin, vaqti-vaqti bilan ko‘rish masofasining qisqarishi va harorat +16°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli bo‘lishi, tutun va yengil tuman tushishi mumkin, vaqti-vaqti bilan ko‘rish masofasining qisqarishi, havo harorati +4°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin, tutun va yengil tuman tushadi, vaqti-vaqti bilan ko‘rish masofasi cheklanadi va harorat +16°C gacha pasayadi. Dushanbaga o‘tar kechasi havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin, tutun va yengil tuman tushishi mumkin, vaqti-vaqti bilan ko‘rish masofasining qisqarishi hamda harorat +3°C gacha pasayishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling