Urgut – Samarqand yo‘nalishida yangi shaharlararo poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 450
Urgut – Samarqand yo‘nalishida yangi shaharlararo poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

27-noyabrdan boshlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Urgut — Samarqand — Urgut yo‘nalishida 6201/6202 hamda 6203/6204-sonli shaharlararo poyezdlarning kundalik qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalish yirik tuman va viloyat markazini bog‘lab, aholiga tez, xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatini yaratadi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

6202 “Urgut — Samarqand”

  • Urgut — soat 06:30
  • Jartepa — soat 06:45−06:47
  • Samarqand — soat 07:34

6201 “Samarqand — Urgut”

  • Samarqand — soat 08:47
  • Jartepa — soat 09:34−09:36
  • Urgut — soat 09:51

6204 “Urgut — Samarqand”

  • Urgut — soat 16:59
  • Jartepa — soat 17:14−17:16
  • Samarqand — soat 18:03

6203 “Samarqand — Urgut”

  • Samarqand — soat 19:27
  • Jartepa — soat 20:14−20:16
  • Urgut — soat 20:31

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling