Uchtepa tumanidagi koʻchalarning bir qismida transport harakati vaqtincha cheklandi
E’lon qilingan sana: · 56

Uchtepa tumanidagi Foziltepa ko‘chasi kesishmasidan Beshqayragʻoch ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l qismida bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklov 27-noyabr soat 22:00 dan 1-dekabr soat 22:00 gacha davom etadi. Bunga Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab boʻlgan.

Hokimlik haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirishni soʻragan.