Dam olish kunlarida tuman va kechasi havo harorati 0° gacha tushishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 609

Toshkent shahrida 29−30 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumoti, tuman tushishi mumkin, koʻrish masofasi vaqti-vaqti bilan qisqaradi.
Shanba kuni havo biroz bulutli boʻlishi, kunduzi havo harorati +13°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, harorat +1°C gacha pasayadi.
Yakshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati +12°C bo‘lishi kutilmoqda. Dushanbaga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati 0 °C atrofida boʻlishi kutilmoqda.