Toshkent davlat yuridik universiteti oʻrnida muzey tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 105
Toshkent davlat yuridik universiteti oʻrnida muzey tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) Yangi Toshkentga ko‘chirilishi bilan uning amaldagi binolarida bir qator yangi ilmiy-ma'rifiy markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Ushbu qaror Prezidentning 26-noyabr kuni qabul qilingan PF-232-sonli farmonida bu boradagi tartib va vazifalar belgilangan.

Universitetning hozirgi binolarida quyidagilar tashkil etiladi:

  • O‘zbekiston huquqi tarixi muzeyi;
  • O‘zbekiston nizolarni hal etish markazi;
  • TDYUU Raqamli huquq markazi;
  • Raqamli sud ekspertiza markazi.

Bu maskanlar huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlar va keng jamoatchilikka huquq ustuvorligi tamoyillarini singdirish, shuningdek, yuridik sohaga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Shuningdek, Yangi Toshkent hududida TDYUUning zamonaviy kampusi barpo etilishi uchun yer ajratiladi. Qurilish jarayoniga xalqaro moliya institutlari va yirik xorijiy qurilish kompaniyalari jalb etiladi. Loyiha Prezident administratsiyasiga alohida taqdimot orqali ko‘rib chiqiladi.

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab universitetda klinik va dual ta’lim tamoyillari asosida amaliy o‘qitish tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan. 2−4-kurs talabalari ta’limning 50 foizini auditoriyada, qolgan qismini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda o‘tashadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling