Ziyo Fest

Ziyo forum’da Ziyo Fest boʻlib oʻtadi.
Ziyo Festda ishtirokchilar maktab yoki universitet dasturlarida kam uchraydigan amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Mehmonlar davlat medalini qanday qo‘lga kiritish bo‘yicha mutaxassislar maslahati, moliyaviy savodxonlik va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha darslar, mashhur bloggerlar bilan uchrashuvlar, noodatiy laboratoriya tajribalari, interaktiv o‘yinlar va qimmatbaho sovg‘alarni kutishlari mumkin.
Bir kun ichida har bir mehmon yangi imkoniyatlarni kashf qilish, yangi gʻoyalarga ega boʻlish va ilhom olish imkoniyatiga ega boʻladi. Ushbu tadbir ilm-fan va ijodning jonli muhitida rivojlanish, tajriba qilish va javob topishni istaganlar uchun moʻljallangan.
Festivalda ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.
