Oʻzbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

E’lon qilingan sana· 65
Oʻzbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qoʻmitasi hududlarda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushishi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi. Qayd etilishicha, raqamlar yaxlitlab hisoblangan.

Unga koʻra, deyarli barcha hududlarda bir bir kilogramm palov 100 ming soʻmdan qimmatroqqa tushadi, faqatgina Qoraqalpogʻistonda bu koʻrsatkich undan pastroq — 98 100 soʻm. Eng qimmati esa Toshkent shahrida — 116 100 soʻm.

2025-yilning noyabr oyi holatiga koʻra, hududlar kesimida hisoblangan qiymatlar quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 98 100 so‘m;
  • Andijon viloyati — 105 800 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 107 500 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 109 300 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 111 100 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 109 200 so‘m;
  • Namangan viloyati — 108 600 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 112 500 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 111 400 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 104 100 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 112 000 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 115 200 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 106 600 so‘m;
  • Toshkent shahri — 116 100 so‘m.

Ushbu hisob-kitoblar bir kilogramm osh tayyorlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar narxi hisoblangan. Bunda quyidagilar hisobga olingan:

  • kungaboqar yog‘i — 0,3 l;
  • piyoz — 300 gr;
  • mol go‘shti — 700 gr;
  • sabzi — 1 kg;
  • guruch — 1 kg;
  • no‘xat — 100 gr;
  • zira — 10 gr;
  • osh tuzi — 20 gr.

Qo‘mita yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling