Dekabrning ilk haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 111
Dekabrning ilk haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

“Oʻzgidromet” ma’lumotlariga koʻra, Toshkentda dekabrning birinchi ish haftasi davomida oʻzgaruvchan va biroz sovuq ob-havo kutilmoqda.

1-dekabr havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −2…+3°C, kunduzi +10…+15°C.

Seshanba kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgarishsiz — sharqdan 7−12 m/s. Harorat kechasi −2…+3°C, kunduzi +10…+15°C.

Chorshanba kun davomida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo biroz o‘zgaruvchan va tuman tushishi mumkin. Shamol asta-sekin yo‘nalishini o‘zgartirib, gʻarbga esadi. Tezligi 7−12 m/s. Harorat kechasi −2…+3°C, kunduzi +10…+15°C.

4-dekabr tuman tushishi ehtimoli ham mavjud. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0…+5°C, kunduzi +8…+13°C.

5-dekabr, juma havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan esib, 7−12 m/s atrofida bo‘ladi. Harorat kechasi 0…+5°C, ba’zi joylarda -2°C gacha tushishi mumkin, kunduzi +6…+11°C atrofida bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling