Crocs x Spongebob toʻplami taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 57
Crocs x Spongebob toʻplami taqdim etildi

Yangi toʻplam rasmiy saytda 11-dekabr kuni sotuvga qo‘yiladi.

Crocs “SpongeBob SquarePants” multfilmidagi kassir Skvidvardning doimo norozi yuzini aks ettiruvchi sabolarni taqdim etdi. Yangi mahsulot 11-dekabrda sotuvga chiqadi va u Crocs Classic Clog modeliga asoslangan.

Hamkorlik loyihasining chiqishi munosabati bilan 2024-yilda ilk bor taqdim etilgan Spanjbob va Patrik modellari ham qayta ishlab chiqariladi.

Crocs Classic Clog Squidward rasmiy e’lon qilingan narxi 80 dollarni tashkil qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling