Fotosayr: Toshkentdagi yangi Astronomiya bogʻi

Oʻrni qachonlardir bogʻ boʻlgan, biroq koʻp yillar abgor holga tushib qolgan poytaxtning Yunusobod tumanidagi Astronomiya bogʻi yana odamlar sayr qiladigan, qushlar ovozi tinmaydigan bahavo joyga aylanib ulgurdi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi yonidagi ushbu bogʻda noyob hamda mahalliy daraxtlar va oʻsimliklar, xususan, qaragʻay, qayragʻoch, eman, majnuntol, qayin, chinor kabilar bor. Qolaversa, u yerda atirgul, lavanda, siren, magnoliya kabi gullar ham ekilgan.
Turli xil attraktsionlardan holi park hali rasman ochilmagan boʻlsa-da, unda odamlar doʻstlari, oilasi yoki yolgʻiz sayr qilib yurganini koʻrish mumkin.
Bogʻda eski observatoriyalar ham boʻlib, sizda ular yonida fotosessiya qilish imkoni bor. Xaritaga koʻra, unda yana sunʼiy koʻl, atirgul bogʻi, yoga maydonchasi, gerbarium, galeriya kabilar ochilishi kutilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Astronomiya bogʻi iliq kunlarda sayr qilish va dam olish uchun yaxshi manzil boʻla oladi.