Anons

Cyber Guard CUP 2025

E’lon qilingan sana· 428
Cyber Guard CUP 2025

Inha universiteti CTF formatida Cyber Guard CUP 2025 talabalar kiberxavfsizlik hakatoniga mezbonlik qiladi.

CTF — bu jamoalar maxsus tayyorlangan zaifliklarni qidirib, tahlil qilib, yashirin “bayroqlar"ni topish va ball to‘plash uchun mo‘ljallangan musobaqa shakli. Bunday format kiberxavfsizlik sohasidagi amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun o‘quv maydoni vazifasini bajaradi.

3−5 kishidan iborat jamoalarga birlashgan ishtirokchilar kiberhujumlarni aniqlash, xodisalarga munosabat bildirish va axborot tizimlarini himoyalash bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajaradilar.

Havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Cyber Guard CUP 2025 — Toshkent Afishasi