Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
E’lon qilingan sana: · 44

Dam olish kunlari Toshkentda biroz yomg‘ir yog‘ishi hamda tumanli, nam ob-havo kuzatilishi mumkin.
6-dekabr kuni kechqurun va 7-dekabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kechasi va ertalab ayrim hududlarda tuman tushadi. Harorat kechalari +2 daraja atrofida, kunduzlari esa +12 darajagacha ko‘tariladi.
8-dekabr, dushanba kuni ham yomg‘irli ob-havo kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8 daraja, kunduzlari +5…+7 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi.