Toshkent metrosining to‘rtta bekatida kirish joylari qayta ochiladi

E’lon qilingan sana· 357
Toshkent metrosining to‘rtta bekatida kirish joylari qayta ochiladi

Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston”, “Mashinasozlar”, “G‘afur G‘ulom” va “Milliy bog‘” bekatlarida vestibyullar qayta ochilishini e’lon qildi. Bu eshiklar yo‘lovchilar oqimi kamligi sababli uzoq yillar yopiq bo‘lgan.

Metropolitenning ma’lum qilishicha, vestibyullarda texnik yangilanishlar yakunlangan: ta’mirlash ishlari bajarilgan, yangi uskunalar o‘rnatilgan, xavfsiz va qulay ishlash uchun zarur bo‘lgan tizimlar modernizatsiya qilingan.

Kirish joylari 11-dekabrdan qayta ochiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling