Qo‘biz ijrochiligi san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

E’lon qilingan sana· 632
Qo‘biz ijrochiligi san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

YUNESKOning nomoddiy madaniy meros qo‘mitasining 20-sessiyasida qo‘biz yasash va chalish san’ati xalqaro muhofaza qilinadigan meroslar ro‘yxatiga kiritilgani e’lon qilindi.

Qadimdan o‘zining boy an’analari bilan mashhur bo‘lgan Qoraqalpog‘iston o‘ziga xos qo‘biz yaratish madaniyati va ijrochilik maktabi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, an’ananing o‘zi zaif hisoblanadi — ustalar soni kamayib bormoqda, yoshlar u bilan yetarli darajada tanish emas va kelajak avlodlarga bilim berishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

Qayd etilishicha, YUNESKO merosini asrab-avaylash ishlari doirasida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda qo‘biz va jirovchilik san’ati bilan bog‘liq elementlarni o‘rganish, inventarizatsiya qilish va hujjatlashtirish ishlari oʻtkazilgan.

Shuningdek, ushbu madaniy an’ananing ahamiyati va uni himoya qilish zarurati haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan hujjatli film ham yaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling