Foto: Toshkentdan Xorazmga olib boradigan tezyurar poyezdlar qanday koʻrinishda boʻladi?

E’lon qilingan sana· 325
Foto: Toshkentdan Xorazmga olib boradigan tezyurar poyezdlar qanday koʻrinishda boʻladi?

10-dekabrda Oʻzbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlarining ilk partiyasini tantanali ravishda joʻnatildi.

Marosim Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida boʻlib oʻtdi, unda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari Zufar Narzullayev hamda Koreya hukumati va Hyundai Rotem kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Takidlanishicha, ushbu poyezd Koreyaning o‘zida ishlab chiqarilgan yuqori tezlikdagi poyezdlarning tarixda ilk bor xorijga eksport qilinishi hisoblanadi.

Ushbu tezyurar poyezd “Jaloliddin Manguberdi” deb nomlandi. Birinchi poyezd yetti vagondan iborat bo‘lib, Hyundai Rotem va “O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘rtasida 2024-yil iyun oyida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarildi.

The Korea Times xabariga koʻra, Poyezd 17 oyda ichida qurildi va dastlab mart oyidan rejalashtirilgan boʻlsa ham 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga yetib kelishi kutilmoqda.

Umumiy loyiha 42 vagonli 6 ta yuqori tezlikdagi poyezdni o‘z ichiga oladi. Qolgan 35 ta vagon 2026−2027-yillar davomida yetkazib beriladi.

Loyiha qiymati 220 million yevro.

KTX-Eum (EMU-260) modeliga asoslangan ushbu poyezdlar 260 km/soat tezlikka ega. Poyezd Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishida harakatlanadi. Hozirgi kunda oddiy poyezdda Urganchgacha bo‘lgan yo‘l 12−14 soatni tashkil etadi. Yangi poyezd yoʻlga qoʻyilgandan soʻng Toshkentdan Xivaga safar vaqti 7 soatga qisqarishi kutilmoqda.

“Jaloliddin Manguberdi” poyezdi oq rangda bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘i ranglaridagi ko‘k, yashil va qizil chiziqlar bilan bezatilgan. Uning uzunligi 175 metr, sig‘imi esa taxminan 390 nafar yo‘lovchi boʻlib, uch xil klassdan iborat: VIP, biznes va ekonom.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling