Rayhon SI yordamida ishlangan klipni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 153
Rayhon SI yordamida ishlangan klipni taqdim etdi

Xonanda Rayhon “Sahna” nomli qoʻshigʻi va unga ishlangan klipini premyera qildi. Ushbu klip toʻliq sun’iy intellekt yordamida ishlangan.

Klipda Rayhonning oldingi kliplarida foydalanilgan obrazlarni koʻrish mumkin.

Bu oʻzbek shou-biznesida SI yordamida ishlangan birinchi klip emas. Bundan oldin Zohid (Ummon), Konsta va Shahrizoda Abdullayevalar ham oʻz qoʻshiqlariga klipni sun’iy intellektga ishonib topshirgan.

Konsta intervyu/podkastlarda chiqishlaridan birida sun’iy intellektning qoʻlidan hech narsa kelmasligi, uning hislari yoʻqligini aytgan parchalari tarmoqlarda tarqaldi. Shundan soʻng reper “Ismim Sharif” nomli terkiga klipini sun’iy intellekt bilan ishlashga qaror qilgan.

Sobiq “Ummon” guruhi solisti Zohid esa bu trendni birinchilardan boshlab bergan. U “Dil” qoʻshigʻiga klipni SIga qildirgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling