Oʻshda Alisher Navoiy haykali ochildi

E’lon qilingan sana· 70
Oʻshda Alisher Navoiy haykali ochildi

Qirgʻizistonning O‘sh shahrida o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Marosimda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Andijon viloyati hokimiyati, Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari hamda Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayevlar ishtirok etgan.

Shahar meri O‘sh shahrida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i 1968 yilda barpo etilgani va buyuk o‘zbek shoirining shahardagi birinchi haykali ham shu yil o‘rnatilganini hamda 1991-yilda bog‘ atrofidagi ko‘chaga uning nomi berilganini maʼlum qildi. Ushbu ko‘cha shu kungacha uning nomi bilan atalib kelingan. So‘nggi yillarda bu yerda katta taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari o‘tkazilib, ko‘cha mavqeyi ko‘tarilib, shohko‘chaga o‘zgartirilganini bildirdi.

Jenishbek Toktorbayevning taʼkidlashicha, xalqlar doim birdamlikda yashab kelgan va bu ahil-inoqlik hozirgacha saqlanib qolmoqda. U bunga misol qilib bu yili O‘sh viloyatiga O‘zbekistondan 1,3 million nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurganini keltirgan.

Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi

Bungacha shoir haykali dunyoning 10 ga yaqin shahrida o‘rnatilgan – foto.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling