Wildberries Toshkentda taksi xizmatini ishga tushirdi

E’lon qilingan sana· 246
Wildberries Toshkentda taksi xizmatini ishga tushirdi

Rossiyaning Wildberries kompaniyasi O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuout xizmatiga tayanib, Spot xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda WB Taxi xizmatida safarlar Toshkent shahri ma’muriy hududlari doirasida amalga oshiriladi.

Spot’ning yozishicha, foydalanuvchilar uchun to‘rtta tarif taklifi mavjud: Standart, Komfort, Komfort Plus va Multi. Oxirgi tarif bir vaqtning o‘zida bir nechta tariflarda avtomobil qidirish orqali mashina kelishini tezlashtirish imkonini beradi.

Ilova ichida virtual valyuta bor, hozirda har bir yangi foydalanuvchiga 20 ming “tarvuz” sovg‘a qilinadi, ulardan safarlar uchun to‘lovlarda foydalanish mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun esa safar qiymatining 50% miqdorida keshbek “tarvuz"larda hisoblanadi.

Ilova Android (Play Market) va iOS (App Store) versiyalarida mavjud. Yangi foydalanuvchilar boshqa mijozlarning shaxsiy taklifnoma havolasi yoki kutish ro‘yxati orqali mustaqil ariza topshirib qo‘shilishlari mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling