Fotosayr: Tashkent City Park’dagi bayram shukuhi

E’lon qilingan sana· 538
Fotosayr: Tashkent City Park’dagi bayram shukuhi

Yangi yil bayrami yaqinlashgani sayin Tashkent City Park poytaxtning eng gavjum va yorqin manzillaridan biriga aylanadi. Garchi shahar bosh archasi boshqa joyda o‘rnatilsa-da, bu yerdagi archa va bezaklar o‘zining zamonaviy uslubi va ko‘lamiga ko‘ra hech kimni befarq qoldirmayapti.

Park hududi rang-barang installyatsiyalar va millionlab chiroqlar bilan bezatilgan. Ular fotosessiya ishqibozlari uchun asosiy nuqtalar bo‘lib xizmat qiladi. Restoran va kafelar ham bayramga moslab yasatilgan. Ayniqsa, kechki payt bu yerda haqiqiy bayramona vayb hukmronlik qiladi.

Quyida bog‘dagi o‘sha yorqin lahzalar muhrlangan fotosuratlarni tomosha qilib, dam olish kunlari yoki kechki payt sayrga otlaning. Qo‘lingizga issiqqina qahva yoki choy ko‘tarib olishni ununtmang.

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling