Uzum Market: O‘zbekistonliklar Yangi yilga muhabbat va xotirjamlik so‘ramoqda

E’lon qilingan sana· 595
Uzum Market: O‘zbekistonliklar Yangi yilga muhabbat va xotirjamlik so‘ramoqda

Yangi yil arafasida o‘zbekistonliklar qarindoshlari va yaqinlari uchun qanday sovg‘alar tayyorlayotgani va archa tagidan o‘zlari uchun nimalar topishni xohlashlari haqida so‘zlab berishdi.

Joriy yilgi tadqiqotda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 3 mingdan ortiq respondent ishtirok etdi. An’anaga ko‘ra, o‘zbekistonliklar sovg‘alar va yangi yil bezaklarini oldindan tayyorlaydi (masalan, so‘rovda qatnashganlarning 65 foizi noyabr oyidagi savdolar paytida barcha kerakli narsalarni sotib olgan), bayramni esa oila davrasida nishonlashni rejalashtiradi. Yangi yilni chet elda kutib olishni rejalashtirayotganlar uchun mashhur yo‘nalishlar — BAA, Rossiya, Turkiya, Finlyandiya, Tailand, Shveysariya va hatto Hindiston bo‘ldi.

Respondentlarning aksariyati (39%) yangi yil dasturxoni uchun 1 milliongacha mablag‘ sarflashga tayyorlanmoqda. 33% — 3 mln so‘mgacha, 17% esa 500 ming so‘mgacha sarflashni rejalashtirgan. O‘zbekiston aholisi o‘rtacha 2−3 ta sovg‘a tayyorlashi ma’lum bo‘ldi — so‘rovda ishtirok etganlarning 48% shu javobni tanlagan.

O‘zbekistonliklar bu yil yaqinlariga kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar hamda yoqimli mayda-chuyda narsalar (krujkalar, yangi yil sharflari va issiq bosh kiyimlar) sovg‘a qilishni rejalashtirmoqda.

“So‘rovnoma natijalarini Uzum Market statistikasi ham tasdiqlaydi: dekabr oyining birinchi yarmida platformada zargarlik buyumlari va shirin to‘plamlar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 20% ga, kichik maishiy texnikaga bo‘lgan talab esa 30% ga oshdi. Foydalanuvchilar uyni bezatishni ham unutishmayapti: archalar, chiroqlar va bayramona yangi yil pijamalari ham eng ko‘p sotilayotgan tovarlar qatoriga kirgan, — deya ta’kidladi Uzum Market biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Vladislav Saxarov.

Qorbobodan yangi yil uchun so‘ralayotgan tilaklar orasida ko‘pincha sayohatlar, elektronika va, albatta, muhabbat hamda osoyishtalik uchraydi. Samarqandlik qiz esa archa tagida mushukcha kutmoqda.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling