Fotosayr: qorga burkangan Toshkent bo‘ylab

E’lon qilingan sana· 320
Fotosayr: qorga burkangan Toshkent bo‘ylab

Kecha Toshkent bu yilgi mavsum uchun uzoq kutilgan qor bilan yuzlashdi. Tongacha shaharning shovqinli ko‘chalari va xiyobonlari oppoq choyshabga burkandi. Bugun esa bulutlar orasidan quyosh mo‘ralab, poytaxt ahli va mehmonlari uchun haqiqiy qishki sayr mavsumini ochib berdi.

Bog‘lar va istirohat maskanlarida odamlar oilaviy yoki farzandlari bilan ko‘chaga chiqib, qish zavqini surishmoqda, qorbobo yasashmoqda yo qorbo‘ron o‘ynashmoqda. Agar siz hali ko‘chaga chiqishga ulgurmagan bo‘lsangiz, bizning fotosayrimiz orqali qorli ana shunday Toshkent vaybini his qiling.

Eslatma: Havo biroz iliqlashgan bo‘lsa-da, yerlar sirpanchiq bo‘lishi mumkin. Issiqroq kiyinib, ushbu qisqa muddatli sehrdan bahra olib qoling. Sayrga chiqing!

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Fotosayr: qorga burkangan Toshkent bo‘ylab — Toshkent Afishasi