Toshkentda 126-sonli avtobus yoʻnalishi vaqtincha qisqartirildi
E’lon qilingan sana: · 202

Sergeli tumanidagi Daryo boʻyi koʻchasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2025-yil 19-dekabrdan ta’mirlash ishlari yakuniga qadar, 126-sonli avtobus yoʻnalishining harakatiga oʻzgartirish kiritiladi.
Qayd etilishicha, avtobus yoʻnalishi Sergeli qoʻrgʻoni bekatida qisqartiriladi. Yoʻnalish vaqtinchalik Quruvchilar mavzesi va Quruvchilar metrosigacha harakatlanmaydi.

Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga koʻra, yoʻnalishga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkin.