Fotosayr: Magic City'da Yangi yil shukuhi

Yangi yil yaqin. Toshkent, umuman, Oʻzbekistonga bayram shukuhi kirishni boshladi. Poytaxtdagi eng asosiy bayram lokatsiyalaridan biri boʻlgan Magic City bogʻi ham bayramona kayfiyatga burkandi. Garchi asosiy archa boshqa maydonda qad rostlagan bo‘lsa-da, bog‘dagi zamonaviy dekoratsiyalar va ulkan archa o‘zining o‘zgacha uslubi bilan ajralib turadi. Bu joy bolalar uchun haqiqiy bayram kayfiyatini berishi tayin. Bola xursand — hamma xursand.
Hozir bu yer — haqiqiy chiroqlar va noodatiy installyatsiyalar olami. Agar Instagram uchun sifatli kontent yoki chiroyli kadrlar qidirayotgan bo‘lsangiz, adashmaysiz — har bir burchak tayyor fotozona. Atrofdagi qahvaxona va restoranlar ham bayramona libosga burkangan bo‘lib, kechki payt bu yerda paydo bo‘ladigan atmosfera kishiga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashadi.
Quyidagi suratlarni varaqlab, ushbu yorqin lahzalardan bahra oling. Keyin esa rejalarni tuzib, sevimli qaynoq ichimligingiz hamrohligida Magic City bo‘ylab sayrga otlaning. Farzand yoki jiyanlarni ham olib borsangiz, bayram sovgʻa qilgan boʻlasiz.
Magic City'da Yangi yil shoulari
Magic City bogʻi Toshkent aholisi va mehmonlarini Yangi yil shou dasturlariga taklif qiladi.