Oʻzbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi

E’lon qilingan sana· 67
Oʻzbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi

Prezidentning qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 31-dekabr — chorshanba va 2-yanvar — juma kunlari barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qat’i nazar) dam olish kunlari sifatida belgilandi.

Bundan tashqari, 3-yanvar — shanba olti kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shu tariqa o‘zbekistonliklar ish kunlarisiz ketma-ket besh kun dam oladi.

Farmonda ta’kidlanishicha, “fuqarolarning to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash”, shu jumladan, turizm uchun shunday qaror qabul qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling