"UzAuto" yangilangan "Traverse"ni taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 2 376
"UzAuto" yangilangan "Traverse"ni taqdim etdi

“UzAuto Motors” kompaniyasi yangilangan “Chevrolet Traverse” modelini taqdim etdi.

Yangilangan modelda 2,5 litrli to‘rt silindrli 328 ot kuchiga ega turbomotor, kuchaytirilgan osma tizimi, oshirilgan klirens va to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlangan. “Bu esa uni ham shahar hayoti, ham sayohatlar va faol hordiqni yoqtiradiganlar uchun ideal tanlovga aylantiradi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, uning qora radiator panjarasi, mat himoya elementlari, qizil tortish ilgaklari va eksklyuziv emblemalari qoʻyilgan. Mashinaning orqa qismida ham dizaynda oʻzgarishlar boʻlgan. 18 dyuymli gʻildirakli disklari ham yangi dizaynga ega boʻlgan.

Traverse saloni 17,7 dyuymli zamonaviy markaziy displey, 11 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va bezak materiallari bilan jihozlangan.

Yangi “Chevrolet Traverse” avtomobilining kompaniya tomonidan tavsiya etilgan chakana narxi 795 000 000 (yetti yuzi toʻqson besh million) so‘mni tashkil etadi.

Kompaniya sotuvlar qachon boshlanishi haqida alohida xabar berishini qoʻshimcha qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling