4 va undan ortiq kishili guruhlarga viloyatlararo yoʻlovchi poyezdlarga chegirma joriy etildi
E’lon qilingan sana: · 893

2025-yil 29-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari uchun 10% chegirma joriy etiladi, deya xabar bermoqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmati.
Chegirma 4 va undan ortiq kishidan iborat guruhlar uchun, kasaba uyushmalari, davlat byudjet korxonalari va sayyohlik agentliklari buyurtmanomalari asosida taqdim etiladi.
Ta’kidlanishicha, chegirmali chiptalarni faqat kassalardan sotib olish mumkin, elektron chiptalarga chegirma qoʻllanmaydi. Shuningdek, “Afrosiyob” va tezyurar poyezdlarning M-Lyuks vagonlari bundan mustasno.