Ba'zi taksi xizmatlari yo‘lovchilarni Toshkent aeroporti chiqish joyidan olib ketishi mumkin bo‘ladi
E’lon qilingan sana: · 200

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bir nechta rasmiy taksi xizmatlari va agregatorlar uchib kelish terminalidagi birinchi yoʻlakga — to‘g‘ridan-to‘g‘ri binodan chiqish joyiga kelish huquqiga ega bo‘ldi.
Birinchi yoʻlakka “Taxi Millennium”, “Let's Trip”, “Uzviptransservice”, “Sixt”, “Taxi Airport Tashkent” va “Yandex Go” xizmatlari chiqishi mumkin. Rasmiy taksilarni uchib kelish zalidagi dispecherlik xizmatidan, Yandex Go ilovasi orqali buyurtma qilish mumkin.
Haydovchilar yo‘lovchilarni birinchi yoʻlakda 20 daqiqagacha bepul kutishi mumkin. Qolgan avtomobillar uchun IIV videokuzatuvi ostida to‘xtash vaqti 10 daqiqagacha cheklangan ikkinchi yo‘lak ishlaydi.