Fotosayr: Toshkentdagi Prezident archasi maydoni bo‘ylab

E’lon qilingan sana· 438
Fotosayr: Toshkentdagi Prezident archasi maydoni bo‘ylab

Yangi yil yaqinlashgani sayin Toshkent markaziy ko‘chalari va xiyobonlari haqiqiy ertaknamo qiyofa kasb etadi. Prezident archasi qad ko‘targan hudud — Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona yoni nafaqat poytaxtliklar, balki mehmonlar uchun eng asosiy va sevimli sayilgohga aylanib ulgurdi. Afisha.uz muxbiri ushbu hududda bo‘lib, bayram shukuhini kadrlarga muhrladi.

Balandligi va bezaklari bilan lol qoldiruvchi bosh archa atrofida millionlab chiroqlar va installyatsiyalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular sizga fotosessiyalar uchun tayyor dekoratsiya vazifasini o‘taydi.

Qolaversa, maydonda Qorbobo va Qorqiz, shuningdek, bolalarning sevimli multfilm qahramonlari ishtirokida qiziqarli chiqishlar tashkil etilgan.

Bundan tashqari, archa atrofida joylashgan kichik shoxobchalarda bayram suvenirlari, Yangi yil o‘yinchoqlari va esdalik sovg‘alarini xarid qilish mumkin. Ushbu sehrli lahzalarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun shu kunlardagi rejangizga ushbu lokatsiyaga sayrga chiqishni kiritib qo‘ying.

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling