Yandex Goʻda Taomlar bo‘yicha yil sarhisobi. Taom va mahsulotlarni yetkazib berish bilan cheklanmagan xizmat

E’lon qilingan sana· 509
Yandex Goʻda Taomlar bo‘yicha yil sarhisobi. Taom va mahsulotlarni yetkazib berish bilan cheklanmagan xizmat

Ultima Guide loyihalarining nomlanishi, “Qayerga borish mumkin”, riteyl va oflayn ssenariylar.

So‘nggi yillarda Yandex Goʻda Taomlar xizmati o‘z vazifalarini sezilarli darajada kengaytirdi: taomga buyurtma berishning qulay usulidan tortib kundalik vazifalarni hal qilish, gastronomik yangiliklar va shaharda dam olish uchun mo‘ljallangan to‘laqonli platformagacha. Assortimentning o‘sishi, hududlar rivojlanishi, texnologiya va kuryerlarga sarmoya kiritilishi onlayn va oflayn ssenariylar bir-birini to‘ldirib turadigan xizmatning yangi modelini shakllantirmoqda.

01

Foydalanuvchilar uchun restoranlar tanlovining o‘sishi

Yandex Go rivojlanishiga doir asosiy yo‘nalishlardan biri restoranlar tanlovining kengayishi bo‘lib qolmoqda. Bunda, asosiy e’tibor nafaqat hamkorlar soni, balki xizmatda taqdim etilgan taomlar va muassasa shakllarining (ommaviylardan tortib tor segmentli auditoriyaga mo‘ljallangan sohaviylarigacha) xilma-xilligiga qaratilmoqda.

O‘tgan yil davomida platformada restoranlar soni taxminan mingtaga o‘sib, qariyb 3 mingtani tashkil qildi. Bunda shaharlardagi yangi muassasalar, shuningdek, avvallari yetkazib berishga o‘sish kanali sifatida qaramagan, ammo hozir bu yo‘nalishga qo‘shilishga va kengayishga tayyor bo‘lgan restoranlar muhim ahamiyat rol o‘ynadi.

02

Ultima: premial segment va taassurotlarga e’tibor

Rivojlanishning alohida yo‘nalishi — mualliflik oshxonasiga ega restoranlardan taomlarni yetkazib berishga qaratilgan Ultima premial yetkazib berish xizmatidir. Ushbu segment barqaror o‘sishni namoyon etdi: bir yil davomida Ultima xizmatida buyurtmalar va hamkorlar soni ikki baravarga oshdi. Xizmat uchun restoranlarning bir qismi platformani kuchli brendga ega ishonchli sherik sifatida baholagan holda, aynan shu yerda joylashishni tanlashi o‘ta muhim omil hisoblanadi.

Har bir buyurtma mijozning istagidan kelib chiqib, maxsus quti yoki kraft o‘ramda yetkaziladi. Taom solingan konteynerlar mualliflik taomlarining harorati, ifori va shaklini saqlab qolish uchun qo‘shimcha ravishda termoo‘ramlarga qadoqlanadi. Shuningdek, yetkazmaning vizual tarkibiy qismi hisoblangan detallarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Moel Bosh brendi bilan hamkorlikda dasturxon va so‘zana naqshlaridan ilhom olgan holda yaratilgan cheklangan miqdordagi bokslar bunga yorqin misol bo‘la oladi.

01

Nafaqat taom: tanish ilovada mahsulotlar va dorilar

Yandex Go xizmati riteyl yo‘nalishini rivojlantirish orqali taomlarni yetkazib berish doirasidan tashqariga chiqishga erishdi: bugun xizmat orqali mahsulotlar, maishiy va boshqa turdagi tovarlar, shuningdek, pardoz va dori mahsulotlarini buyurtma qilish mumkin. Maqsad — foydalanuvchilar vaqtini tejash hamda bitta interfeys yordamida bir qancha maishiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat.

Bir yilda platformadagi hamkorlar soni 160 tadan 320 taga yetib, ularning orasida yirik oziq-ovqat tarmoqlari, pardoz mahsulotlari do‘konlari hamda dorilar yetkazib berishga mo‘ljallangan dorixonalar mavjud. Dorixonalardan yetkazib berish o‘zingiz va yaqinlaringiz haqida, hattoki ular uzoqda bo‘lganida ham, qayg‘urish, zarurat bo‘lganida dorilarni tez olish imkoniyatini ta’minlaydi. Turli toifadagi tovarlarni buyurtma qilish imkoniyati xizmatni kundalik turmushda ishonchli yordamchiga aylantiradi.

02

Yangi shaharlarda joriy haqida

Toshkentda xizmatdan aholining qariyb 82 foizi kamida bir marta foydalangan bo‘lib, poytaxt sifat va assortiment o‘sishi bo‘yicha rivojlanish nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Biroq viloyatlarga ham tobora ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yil davomida xizmat Navoiy, Qarshi va Marg‘ilonda yo‘lga qo‘yildi. Viloyatlarni rivojlantirishda muassasalar soni, yetkazib berish qiymati, masofa va iste’molchilarning odatlari kabi mahalliy omillar hisobga olinadi. Strategiyada logistikani maqbullashtirish, yetkazib berish tezligini oshirish hamda bepul yetkazib berishni taklif qiladigan Yandeks Plyus obunasidan foydalanishga asosiy urg‘u berilmoqda.

01

Yetkazib berish qulayligi va kuryerlar uchun imkoniyatlar

Yandex Go yetkazib berish tezligini oshirish maqsadida kuryerlar uchun yanada qulay yo‘nalishlarni qurish va buyurtmalarni kutish vaqtini qisqartirishga yordam beradigan sun’iy intellekt negizidagi yechimlarni rivojlantirmoqda.

Kuryerlarni jalb qilish va saqlab qolishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xizmat ijrochilar uchun platformani imkon qadar oson va tushunarli, hamkorlikni esa manfaatliroq qilishga intiladi. 2025-yilning yozida Yandex Uzbekistan mamlakatda birinchilardan bo‘lib o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi va kuryerlar uchun soliqlar to‘lovini avtomatlashtirish orqali ma’muriy yuklamani pasaytirdi.
2025-yilning birinchi yarim yilligida shaharlardagi xizmatlarning hamkorlari 340 million dollardan ortiq mablag‘ topishga erishdi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 50 foizga ko‘proq.
Kuryerlar hamkasblarini taklif qilgani uchun bonuslar, murakkab buyurtmalar uchun qo‘shimcha to‘lov, shuningdek, Yandex Go orqali ishlaganda sug‘urtaga ega bo‘ladilar.

02

Keyingi yil uchun mo‘ljal: sun’iy intellekt, kuryerlar, oflayn ssenariylar va gastronomik madaniyat

2026-yilda xizmat foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yetkazib berishni yaxshilash va hamkorlarni ko‘paytirish uchun restoran va do‘konlar assortimentini o‘stirish, viloyatlarda ishtirokini kuchaytirish hamda sun’iy intellekt negizida yangi yechimlar joriy qilishni davom ettirishni rejalashtirgan.

Oflayn ssenariylar alohida yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Toshkent aholisi va mehmonlari uchun neyrotarmoq yordamida hamda ekspert va foydalanuvchilar orasida ovoz berish orqali shakllantirilgan poytaxtdagi top restoranlar bo‘yicha texnologik gid — yangilangan Ultima Guide ishga tushiriladi. Taomlar bilan parallel ravishda tashrif uchun muassasani tanlashga yordam beradigan “Qayerga borish mumkin” bo‘limi ham rivojlanmoqda. Uning ichida ekspertlar va sun’iy intellektdan maskanlar tanlanmasi, shuningdek, ko‘plab filtrlar bo‘yicha izlash imkoniyati mavjud. Bo‘lim Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg‘onada yo‘lga qo‘yilgan.

Reklama huquqi asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling