Toshkent metrosi Yangi yil kechasida bir soat koʻproq ishlaydi
E’lon qilingan sana: · 389

Yangi yil bayrami munosabati bilan “Toshkent metropoliteni” DUK metro harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar kuni soat 01:00 ga qadar metro poyezdlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida metro harakati quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- 2025-yil 31-dekabr va 2026-yil 2-yanvar — shanba kuni jadvali;
- 2026-yil 1-yanvar — yakshanba kuni jadvali.