Yangi yil bayrami kunlari davomida Tashkent City Park and Mall’ga kirish cheklanadi

E’lon qilingan sana· 1 670
Yangi yil bayrami kunlari davomida Tashkent City Park and Mall’ga kirish cheklanadi

Yangi yil bayrami kunlari davomida Tashkent City Park’da transport vositalarining kirishi va harakatlanish tartibiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

25-dekabrdan 10-yanvargacha Tashkent City bogʻiga transport vositalarining kirishi quyida koʻrsatilganidek qisman cheklanadi.

Shuningdek, Yangi yil bayrami davomida Tashkent City Mall avtoturargohida yangilangan yoʻl harakati boshqaruvi amal qiladi:

  • -1 (B1) qavatga kirish — Botir Zokirov koʻchasidan;
  • -1 (B1) qavatidan chiqish — Oʻqchi koʻchasiga (moʻljal — JW Marriott mehmonxonasi);
  • 2-qavatga (B2) kirish va chiqish, oʻzgarishsiz — Zargar koʻchasidan (moʻljal — Summit biznes markazi) ;
  • Avtoturargoh hududidagi transport bir tomonlama sxema boʻyicha tashkil etilgan;
  • Avtoturargoh hududida yoʻl harakati nazoratchilari navbatchilik qilishadi.

Savdo markazi va park ma’muriyati haydovchilardan ushbu oʻzgarishlarni hisobga olishni, koʻrsatmalarga amal qilishni va sayohatlarini oldindan rejalashtirishni soʻraydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling