Toshkent hayvonot bogʻi hafta davomida ochiq boʻladi
E’lon qilingan sana: · 191

Toshkent hayvonot bogʻi bayram kunlari bilan birga haftaning 7 kuni ham har kuni ochiq boʻlishini e’lon qildi. Hayvonot bogʻi 2026-yil 1-yanvargacha ochiq qoladi.
Chipta kassalari soat 8:00 dan 17:00 gacha ochiq.
Kirish chiptalari narxlari:
- 16 yosh va undan kattalar — 40 000 soʻm;
- 7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar — 25 000 soʻm;
- pensionerlar uchun — 25 000 so‘m;
- muddatli harbiy xizmatchilarga — 25 000 soʻm;
- yetti yoshgacha boʻlgan bolalar — bepul;
- imkoniyati cheklangan shaxslar uchun — bepul.
Kirish manzillari:
- Bogʻishamol koʻchasi, 232A;
- Bogʻishamol koʻchasi, 57 — avtomobillar va ekskursiya avtobuslari uchun bepul avtoturargoh.