Buxoroda yangi xalqaro aeroport ishga tushiriladi

Buxoro yangi xalqaro aeroporti 2027-yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.
Qayd etilishidcha, amaldagi aeroportning quvvati (400 ta yoʻlovchi) yetarli emasligi sababli, shahardan tashqarida Buxoro tumani “Nometan” MFY hududida yangi aeroport qurilmoqda. Yangi terminal soatiga 1 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin boʻladi, samolyotlar uchun 20 ta to‘xtash joyi mavjud bo‘ladi va uchta burilish yo‘lagi hamda hamda bitta magistral yoʻli orqali haftasiga 100 dan ortiq reys amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, yangi aeroport ishga tushishi bilan bir yilda 17 000 dan ortiq aviareys amalga oshiriladi va 2,5−3 million yo‘lovchi tashish imkoniyati paydo boʻlishi aytib oʻtilgan.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan loyiha qiymati 226 million dollarni tashkil etadi. Xalqaro aeroportni hamda unga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini qurish uchun jami 4600 gektar yer maydoni tanlangan. Aeroportning o‘ziga esa shahardan 15 kilometr uzoqlikda 337 gektar yer maydoni ajratilgan.