Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 289
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Oʻzgidromet dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi va havo harorati ko‘tarilishi haqida xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun kunduzi +9…+11 daraja bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari harorat asta-sekin kechalari +1…+3 darajagacha, kunduz kunlari +13…+15 darajagacha ko‘tariladi.

Juma kuni respublikaning katta qismida kunduzi havo +8…+11 daraja, shanba va yakshanba kunlari esa +12…+15 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab ham harorat ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuniga kelib harorat 0…+3 darajagacha ko‘tariladi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi davom etadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling