"Hamid Olimjon" metro bekatining ikkinchi kirish eshigi ochiladi
E’lon qilingan sana: · 230

“Hamid Olimjon” metro bekatida yangi eskalatorlarni o‘rnatish va sozlash ishlari yakunlandi. Hozirda uskuna sinovdan o‘tkazilmoqda, shundan so‘ng u 48 soat davomida yo‘lovchilarsiz sinov rejimida ishga tushiriladi.
Qayd etilishicha, tekshiruvlar muvaffaqiyatli yakunlanib, tegishli qo‘mitaning ruxsati olingach, eskalatorlar yo‘lovchilar uchun 19-yanvardan ochilishi rejalashtirilgan. Shu kuni stansiya vestibyuli ham to‘liq ishga tushiriladi.
Yangi eskalatorlar energiya tejash tizimi bilan jihozlangan boʻlib, yoʻlovchilar yaqinlashganda avtomatik ravishda yoqiladi va qolgan vaqtlarda energiya tejash rejimida ishlaydi.