Next Designer Award empowered by Visa tanloviga arizalar qabuli boshlandi

E’lon qilingan sana· 254
Next Designer Award empowered by Visa tanloviga arizalar qabuli boshlandi

Next Designer Award empowered by Visa tanlovi O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi endi faoliyat boshlayotgan dizaynerlar uchun ilk bor o‘z eshiklarini ochmoqda.

Ishtirok etish uchun nextdesigneraward@gmail.com elektron manziliga quyidagilarni o‘z ichiga olgan arizani yuborish lozim:

  • PDF formatida o‘zingiz haqingizdagi taqdimot: yoshingiz, yashash shahringiz, aloqa ma’lumotlari hamda dizayn va moda sohasidagi tajribangiz tavsifi ko‘rsatilgan holda;
  • 3 yoki undan ortiq PDF-slaydda kolleksiya konsepti: g‘oya, ilhom va mudbordlar;
  • PDF formatida 10 ta obrazdan iborat kolleksiya eskizlari.

G‘olib o‘z kolleksiyasini tikish uchun 10 000 AQSh dollari miqdorida grant va VFWA PRE-FALL 2026 da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Arizalar qabuli 24-yanvargacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling