Bugun Toshkentda harbiy parad boʻlib oʻtadi

Bugun, 12-yanvar kuni Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy boʻlinmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu parad O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Harbiy boʻlinmalarning tantanali piyoda yurishlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (Mo‘ljal: “Pushkin” metro bekati) soat 11.00 da boshlanadi va 13.00 ga qadar davom etadi.
Ta’kidlanishicha, harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan “Parkent” va “Mustaqillik” ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi toʻxtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar “Mustaqillik” va “Temiryo‘l” ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadi.

Ushbu vaqt oraligʻida mazkur koʻchalarda avtomobillar harakati cheklanadi. Mudofaa vazirligi keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻragan holda tadbirda faol ishtirok etishga chorlagan.