Samarqandda ikkinchi milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 377
Samarqandda ikkinchi milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tadi

20−23-yanvar kunlari Samarqandda O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalaridan biri — milliy AI Hackathon’ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi.

“Milliy AI Hackathon — bu yosh mutaxassislar uchun mamlakat kelajagiga hissa qo‘shish imkoniyati. Ishonchimiz komilki, Samarqand bosqichi O‘zbekiston raqamli transformatsiyasining bir qismiga aylanadigan yangi g‘oyalar va loyihalarga start beradi”, — dedi IT Park bosh direktori Abdulahad Qo‘chqorov.

“Sun'iy intellekt texnologiyalariga asoslangan servislar bugungi kunda Uzum mahsulotlarining ajralmas qismiga aylanib, millionlab o‘zbekistonliklar uchun haqiqiy qiymat yaratmoqda. Biz uchun nafaqat ilg‘or yechimlarni ishlab chiqish, balki yosh mutaxassislar bilan amaliy tajriba almashish ham muhim. Biz iqtidorli bolalarga rivojlanish, real vazifalar bilan ishlash va kasbiy o‘sish imkoniyatini beradigan loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlaymiz. Uzum uchun milliy hakatonni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda sun’iy intellekt mutaxassislarining yangi avlodini rivojlantirishga hissa qo‘shish katta sharaf”, — deydi Uzum bosh direktori va asoschisi Jasur Jumayev.

Hakaton ishtirokchilari mamlakatning yirik IT kompaniyalari ekspertlaridan yordam olgan holda tibbiyot, kiberxavfsizlik, ta’lim, tadbirkorlik va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqiqlangan moddalar aylanmasini nazorat qilish kabi sohalardagi loyihalar ustida ishlaydi. Bundan tashqari, ishtirokchilar uchun IT sohasidagi mutaxassislar bilan mahorat darslari va seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. G‘oliblarni nafaqat qimmatbaho sovg‘alar, balki loyihalarni to‘liq ishga tushirish uchun mablag‘ olish imkoniyati ham kutmoqda.

Loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, IT Park Uzbekistan, AICA, ML Community va Uzinfocom ishtirokida amalga oshirilmoqda. Hakatonning bosh homiysi va hamkori Uzum milliy raqamli ekotizimi va mamlakatning boshqa IT kompaniyalari hisoblanadi.

Ishtirok etish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ushbu bosqichda faqat Samarqand viloyati aholisi ishtirok etishi mumkin.

Milliy AI Hackathon’ning birinchi bosqichi 2025-yil oktabr oyida boshlangan va 2026-yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi. Hakaton finali 2026-yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi, unda butun mamlakatning eng yaxshi jamoalari sun’iy intellekt sohasidagi o‘z ishlanmalarini taqdim etadi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling