Qorli kunlar boshlanmoqda: O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 77
Qorli kunlar boshlanmoqda: O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

22−24-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirmoqda deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Payshanba kuni hamda juma kechasi va ertalab respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim hududlardagi yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 22−23-yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi ehtimoli bor.

Havo harorati 22−24-yanvar kunlari kechalari −3…−8 darajagacha, kunduz kunlari −3…+2 darajagacha pasayadi. Respublikaning shimoliy hududlarida esa kechalari −12…−15 daraja, kunduz kunlari −2…−5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi hududlarda esa shamolning tezligi 22−25 m/s gacha yetishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling