Leica Camera "Witness Your Country" foto tanlovini e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 89
Leica Camera "Witness Your Country" foto tanlovini e’lon qildi

Leica Camera kompaniyasi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mo‘g‘iliston mamlakatlari uchun mo‘ljallangan “Witness Your Country” nomli mintaqaviy foto tanlov boshlanganligini e’lon qildi. Tanlovda O‘zbekiston fotosuratchilari ham ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov muallifning o‘ziga xos qarashi va vizual hikoyachilikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining go‘zalligi, madaniyati va kundalik hayotini aks ettirish imkoniyati beriladi. Bitta tasvir orqali joyning butun tarixi — u yerdagi odamlar, muhit va ruhiyatni ifodalash mumkin.

Foto tanlov 2026-yil 15-fevralgacha davom etadi. G‘olib Leica kamerasi va obyektivi bilan taqdirlanadi, shuningdek, uning ishlari mintaqaviy ko‘rgazmalar hamda loyiha rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida namoyish etilishi mumkin. Sovrin Toshkent shahrida Leica Cameraning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori tomonidan topshiriladi.

Tanlovda 18 yoshdan katta, O‘zbekiston hududida yashovchi barcha fotosuratchilar ishtirok etishi mumkin. Ishlar tanlovning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling