Toshkent aeroportida O‘zbekistondagi birinchi robotlashtirilgan qahvaxona ochildi

E’lon qilingan sana· 138
Toshkent aeroportida O‘zbekistondagi birinchi robotlashtirilgan qahvaxona ochildi

Toshkent aeroportida butun Oʻzbekistonda boʻyicha ilk robotlashtirilgan qahvaxona — “Robo Coffee” ishga tushirildi.

Ichimlikni tayyorlash uchun robot-barista tanlangan qahva turiga qarab bir yarim daqiqadan uch daqiqagacha vaqt sarflaydi. Menyuda 20 ga yaqin ichimlik turlari, jumladan, klassik va mualliflik ichimliklari mavjud. Xohishga qarab rasmli ichimlik — printli qahva ham olish mumkin.

Buyurtma uchun to‘lovni naqd pul, bank kartasi va to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Narxlar esa bir stakan qahva uchun 30−40 ming so‘m atrofida boʻladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling