Foto: Futbol boʻyicha JCh kubogi Toshkentda namoyish etildi
E’lon qilingan sana: · 169

28-yanvar kuni “Oʻzekspomarkaz"da 2026-yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatining kubogi Toshkentga olib kelindi va namoyish etildi. Afisha.uz fotosuratchisi ham tadbirda qatnashib, fotoreportaj tayyorladi.

Italiya terma jamoasi safida 2006-yilda Jahon kubogi g‘olibi boʻlgan himoyachi Marko Materatssi kubokni Toshkentga olib keldi.

Jahon chempionati kubogi turi har safar musobaqa oldidan oʻtkaziladi va FIFA tashkilotiga a’zo boʻlgan mamlakatlarda namoyish etiladi. Qayd etilishicha, bu safar kubok 30 ta davlatning 75 ta shahriga olib boriladi.
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin